TOShKENT, 27-may — Sputnik. Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizovning taqdimiga binoan O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.
U bunga qadar PFL bosh direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
2019 yil iyun oyidan buyon PFLga rahbarlik qilib kelayotgan Davron Shoqurbonov esa 25-may kuni o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.