TOShKENT, 26-may - Sputnik. Koronavirus epidemiyasi tufayli Shvetsiya katta iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda deb hisoblaydi Bloomberg.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mamlakatda mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab tushib ketishi oqibatida ishsizlik darajasi ildam oshib bormoqda va yaqin orada u 17%ni tashkil qilishi mumkin.
Koronavirus pandemiyasi bilan bir vaqtda ichki talabning keskin kamayiishi hamda ishsizlik oshishi Shvetsiya uchun to‘laqonli iqtisodiy inqirozga aylanishi mumkin deb hisoblaydi agentlik iqisodiy tahlilchilari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida ishsizlik darajasi 7,9 %ga chiqqan, mavsumiy omillar bilan qo‘shib hisoblaganda ushbu ko‘rsatgich8,2 %ni tashkil qilmoqda. Eng katta yo‘qotish turizm va restoranlar sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Bloomberg tahilichisi Yoxanna Yensson fikriga ko‘ra, ichki bozorda talab o‘zini tiklab olmasa mamlakatda ishsizlik darajasi 17%ga yetishi mumkin.
O‘zgargan iqtisodiy sharoitlarda Shvetsiya hukumati korxonalarga ishchilarni ishdan bo‘shatishni osonlashtirish va arzonlashtirish siyosati haqida o‘ylamoqda. Shvetsiyadagi Mo‘tadil partiya rahbari Ulf Kristerson aytishiga qaraganda bunday qadam so‘nggi o‘n yilliklar davomida "mehnat qiliuvchilarga nisbatan uyushtirilgan eng katta hujum" bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropaning aksariyat davlatlaridan farqli o‘laroq, koronavirus tufayli karantin joriy etishdan voz kechgan edi. Shvetsiyada chegaralar yopilmagan, maktablar, restoranlar va magazinlar o‘z faoliyatini to‘xtatmagan edi. Buning oqibatida Shvetsiyada katta yoshli fuqarolar orasida koronavirusga chalinish va o‘limlar soni keskin oshib ketdi. Iqtisod ham muammolardan chetda qolmadi.
Ayni damda Shvetsiyada rasman koronavirusga chalinganlar soni 34 ming kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 4 mingdan ortig‘i vafot etgan. COVID-19 bilan kasalanganlar orasida "o‘lim" koefitsenti bo‘yicha Shvetsiyada dunyoda eng yomon ko‘rsatgichlar qayd etilgan. Koronavirusga chalinganlar orasida vafot etganlar ulushi 12 %ni tashkil qilmoqda. Qo‘shni Finlandiyada ushbu ko‘rsatgich -4 %, Norvegiyada 2,8 %.
Ma’lumot uchun koronavirus bo‘yicha "o‘lim" koefitsenti eng yuqori bo‘lgan davlatlar Yaman - 18,8 %, Belgiya - 16%, Fransiya - 15,5%, Italiya 14,2%, Britaniya - 14,1, Vengriya - 13,2 va boshqa davlatlar.
Shuningdek, AQShda - 5%, Rossiyada - 1%, O‘zbeksitonda - 0,4%.