Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksinaning klinik sinovi boshlanish sanasi ma’lum qilindi

“Vektor” virusologiya ilmiy markazi joriy yilning iyun oyining oxirida koronavirus vaksinasining klinik sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26-may - Sputnik. Rospotrebnadzorning “Vektor” virusologiya ilmiy markazi iyun oyining oxirida koronavirus vaksinasining klinik sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda markaz bosh direktori Rinat Maksutov "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Virusolog COVID-19ga qarshi vaksina sinovi qanday o‘tayotgani haqida so‘zlab berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtga qadar hayvonlarda o‘tkazilgan sinov natijalarini olish va Sog‘liqni saqlash vazirligidan klinik tadqiqotlar uchun ruxsatni kutish rejalashtirilgan.

Maksutovning ma’lum qilishicha, ommaviy foydalanishdan oldin vaksina laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi, ishlab chiqarilishga qo‘yilishi va dori vositasi shakliga keltirilishi kerak.

Buning ortidan turli klinikagacha va klinik tadqiqotlar, shuningdek ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

Avvalroq Gamaleya Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazining direktori Aleksandr Ginsburg markazning vaksinani ishlab chiqishda bevosita ishtirok etayotgan xodimlari, shuningdek, o‘zi ham emlatilganini va ularda himoya antitanachalari ishlab chiqilganini ma’lum qilgan edi.

Rossiyaning to‘qqizta vaksina ishlanmasi COVID-19ga “zarba beradi”

Rossiyada Sankt-Peterburg Vatsina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti olimlari ham koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ishlamoqdalar. Vaksinani ishlab chiqish ko‘plab boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirilmoqda.

Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarni ommaviy emlash kuzning boshida boshlanishi mumkin va olti oydan to‘qqiz oygacha davom etadi.

Yangi koronavirus (COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan) birinchi marta dekabrning oxirida Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi. Mart oyi boshida BSST uning tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 5,3 million kishi yuqtirib olgan, 343 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

O‘zbekistonda kasallanganlar umumiy soni 3261 kishini tashkil etadi. Ulardan 2624 nafari davolandi. 13 kishi esa vafot etdi.