O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi

Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga 20 dona maxsus texnika yuborildi.
Sputnik

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistondan Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga 20 dona maxsus texnika yuborildi, deb xabar qildi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi

Bu mashinalar suv bosgan yerlarga qayta ishlov berish uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi

O‘tgan haftada Maqtaaral tumanidagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholi punktlari suvdan to‘liq tozalangandi. Bu ishlarda O‘zbekiston harbiy va favqulodda vaziyat xodimlari mehnati alohida e’tirof etildi.

“Maqtaaral tumanidagi suv bosgan barcha aholi punktlari suvdan tozalandi. Hokimlik, Qazsuvxo‘j, FVQ, O‘zbekiston Respublikasi harbiy va favqulodda vaziyat xodimlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli qisqa vaqt ichida Sardoba suvi zovurlar va kollektorlar o‘zanlariga yo‘naltirildi, bu esa aholining normal hayotga qaytishiga imkon berdi", - deb yozdi hokim o‘rinbosari Saken Kalkamanov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib o‘tgandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 200 ortiq xodimi zarur texnika bilan toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga yuborilgandi.