Bishkeklik odamxo‘r qanday qo‘lga olindi - dahshatli jinoyat tafsiloti

Qirg‘izistonda eng shov-shuvli jinoiy ishlardan biri - "Bishkek odamxo‘ri" Mixail Trutnev ishining tafsilotlari haqida
Sputnik

Yuriy Kuzminix. 2004 yil yozida ushbu ishning tergoviga maxsus maxfiy maqomi berildi - militsiya shahar aholisi orasida vahima qo‘zg‘ashni xohlamadi, shuning uchun bu yurakni dahshatga soluvchi voqea ommaviy axborot vositalarida yoritilmadi. O‘n olti yil avval, men bu ish haqida bir ma’lumotlarni tomchilab to‘pladim va ma’lumotlarni tezkor hodimlardan bazo‘r "sug‘urib oldim".

AQSh qirg‘oqlari yaqinida odamxo‘r-akulalarning sirli to‘planishi olimlarni tashvishga soldi

Barchasi iyul oyining oxirida, erta tongda nafaqaxo‘r 4-kichi dahada axlat konteyneridan dahshatli topilmani topib olganida boshlandi.

"Men axlat to‘kkani chiqqan edim, ichkariga qarab ko‘zlarimga ishonmadim: platik paketda odamning kuygan boshi yotibdi", - dedi ayol militsionerlarga.

Bir necha daqiqadan so‘ng, ko‘p qavatli uy hovlisi bezovtalangan chumoli uyasiga o‘xshab qoldi. Mutaxassislar topilmani o‘rgangunicha, tergovchilar butun kuchlarini yaqin atrofdagi uylarni o‘rganishga yo‘naltirdi. Kriminalistlar o‘sha joyning o‘zida ko‘p ham ma’lumot olisholmadi. "O‘limdan atigi bir necha soat o‘tdi. Jabrlanuvchi boshi juda o‘tkir buyum bilan kesilgan", - deya xulosa qilishdi ekspertlar.

Ko‘p o‘tmay, Oktabrskiy tumani IIB og‘ir jinoyatlarni fosh qilish bo‘limi tezkor guruxi yetakchisining ratsiyasi "jonlandi".

"Mening yigitlarim qiziq narsa topdilar shekilli," – deya tahmin qildi izquvar.

Qodirov “asr bitimini” musulmon dunyosiga qarshi jinoyat deb atadi

Tezkor xodimning tahmini rost chiqdi. Butazor ichida uning qo‘l ostidagilari qo‘llari kaftlarini topdilar. Qidiruv doirasi bir nechta uylargacha toraydi. Militsionerlar ikkinchi topilma joyiga eng yaqin bo‘lgan ikkitasini o‘rganib chiqishi kerak edi. Aynan shundan keyin xavf jinoiy qidiruv bo‘limi xodimlarida birinchi haqiqiy ilmoq paydo bo‘ldi.

Ushbu voqealar ishtirokchilari so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi halokatli dalillardan qutulayotganda, ehtimol, juda mast bo‘lgan va juda shoshgan bo‘lishi mumkin. U qoldiqlarni olib ketgan qoplar eski va yirtiq bo‘lgan. To‘rt qavatli bino yaqinidagi yo‘lakda tergovchilar qonga o‘xshash jigarrang dog‘larni payqashdi. Bu dog‘lardan iborat sezilarsiz yo‘l bir podyezdga olib bordi. Shubha qolmadi: sovuqqon qotil shu uyda yashardi. Tezkor guruh uchinchi qavatga ko‘tarildi. Kvartiralardan birining eshigi tutqichi qonga bo‘yalgan edi ...

Uy egasini chaqirishga qilingan barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Kvartira ichi tinch edi. Shov-shuvga yosh qo‘shni qiz chiqdi va Misha amaki kecha mehmonlari bo‘lganini aytdi. Kechasigacha bazm qilishdi, keyin hammasi tinchlandi.

Dahshatli xo‘rlash: Meksikada sirli mahluq erkakni tilka-pora qildi

"U kechagi bazmdan keyin uxlayotgandir", - dedi u.

Biroz maslahatlashgach, militsionerlar eshikni sindirishga qaror qildi. Yaxshiyamki, u baquvvat yigitlar uchun jiddiy to‘siq bo‘lmadi. Nozik yog‘och eshikka tiranib uni qulatib, militsionerlar kvartiraga kirib kelishdi. Xammomda svet yonib turardi. U yerda qonga burkangan plitkali polda, ehtimol jinoyat quroli - ulkan bolta yotar edi. Vannaning o‘zida odam qoldiqlari yotardi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, Amerika dahshat filmlari kabi bunday ko‘rinish, faqat boshlanishi edi ...

Oshxonada gaz plitasida juda katta kastrulya turgan edi. Undan, keyinchalik aniqlanishicha, odam go‘shti pishirilgan. Yaqinida qovurilgan jigar bo‘laklari bo‘lgan bir tova turardi. Stolda qo‘lbola sihda yaqinda pishirilgan kabob yotardi. Ehtimol, qotil hamtovog‘ini o‘ldirgandan keyin bazm uyushtirgan. Stol ostida bir nechta arzon aroq bo‘sh shishasi bor edi.

Barcha xonalar tartibsiz edi. O‘larcha mast uy egasi zalda iflos divan ustida uxlayotgan edi. Uydagi holat, u odam allaqachon xayotidan voz kechib muammolardan shishada taskin topganligidan dalolat bergan. Bu dahshat ichida yagona yorqin nuqta bu o‘yilib ketgan devorga osilgan, vaqtdan rangi o‘chgan ramkadagi yosh juftlikning xira fotosurati edi.

Hamshiradan pora talab amaldorga qarshi jinoyat ishi ochildi

Tergovchilar mast odamni itarib yurib, uni mashinaga zo‘rg‘a "yuklab" olib ketishdi.

- Ehtimol, u kechga yaqin hushiga keladi, shundan keyingina u bilan gaplasha olishimiz mumkin. Hozir buni qilish befoyda, deya meni ogohlantirishdi tergovchilar. "Agar tafsilotlarni bilmoqchi bo‘lsangiz, yettiga yaqin keling".

Belgilangan vaqtda men o‘sha yerga keldim va tergovchilar "Bishkek odamxo‘ri" deb nom bergan Misha amaki hikoyasi intiqomini kutdim.

- Aftidan, "mijoz" o‘ziga kela boshladi... Hozir soqchilar uni birinchi so‘roqqa olib keladi, ishoning, bu eng qiyini. Siz burchakda o‘tiring va ko‘p ham ko‘rinmang", - deb mendan iltimos qildi oper.

Ko‘p o‘tmay, shafqatsiz qotillik va kannibalizmda gumon qilingan 48 yoshli Mixail Trutnev kabinetga kirdi. U odamning yuzi ancha g‘ijimlangan edi, ko‘rinishidan qayerdaligini va undan nimani xohlashayotganini anglamas edi. Tergovchilar, hech qanday oshiqcha gap-so‘zsiz, barcha qo‘lga olingan dalillarni oldiga qo‘ydilar.

- Vitalik menga 7000 dollar qarzi bor edi va qarzlarni esa, qaytarish kerak, - dedi mahbus zo‘rg‘a.

- Kecha u bilan ikkalamiz ichib stol ustida o‘tirgan edik ... keyin kurash boshlandi. Keyin nima bo‘lganini eslay olmayman.

Trutnev "kechki ovqat" mavzusida gapirishdan qat’iyan voz kechdi. Izquvarlar uni bir necha bor ochiqchasiga gapirishga urindilar, ammo gumondor nigohini olib qochib, vaqtincha amneziya va bosh og‘rig‘iga ishora qildi.

Tergovchilar marhumning shaxsini aniqladilar. Ikkinchi guruh nogironi, yaqin atrofda yashovchi Vitaliy ko‘ngilchan va hushmuomala edi. Fe’lining bu hususiyatlaridan uning qotili ko‘pincha foydalanar edi. Do‘stining puli paydo bo‘lishi bilan, Mixail boshini aylantirar edi.

Xitoylik bolakay oddiy qartani dahshat soluvchi qurolga aylantira oldi – video

Trutnevning advokati mijozining hayotini saqlab qolishiga ishongan. Hisob-kitob oson edi: sudyalar uni ruhiy kasal deb tan olishadi va uni majburiy davolanishga yuborishadi va shu bilan odamga najot topishga imkoniyat berishadi. Sud-psixiatriya ekspertizasi natijalari ko‘pchilikni hayratda qoldirdi: ikki marta sinovdan o‘tgan Mixail jinoyatni mast, lekin aqli ravshan holatda qasddan sodir etgan deb tan olindi.

Trutnev psixiatrlar va tergovchi bilan odamxo‘rlik mavzusini muhokama qilishdan qat’iyan bosh tortdi. "Bunday bo‘lmagan, esimda yo‘q", - deb takrorlardi u. Sud uning aybini yengillashtiruvchi holatlarni topa olmagani sababli, ayblanuvchini o‘lim jazosiga hukm qildi. Qirg‘izistonda o‘lim jazosiga moratoriy joriy qilinganligi sababli, u umrbod qamoqqa jazolanganlar koloniyasiga yuborildi.