Toshkentdagi “Ipoteka bank” xodimida koronavirus aniqlandi

Xodim bilan yaqin aloqada bo‘lgan 25 nafar hamkasbi karantinga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 25-may — Sputnik. 24-may kuni Toshkendagi “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyati chegara bojxona posti xodimida koronavirus aniqlandi

Qayd etilishicha, fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi.

Bank xabariga ko‘ra, xodim bilan yaqin aloqada bo‘lgan 25 nafar xodimlar karantinga olingan.

Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laboratoriya tahlil uchun namunalar olingan.