Kuniga 2 litr suv ichayotganlar qo‘shimcha tuz ham yeyishi kerak - shifokor

Biz suvni qancha ko‘p ichsak, shuncha ko‘p minerallar tanadan yuvilib chiqadi. Ya’ni natriy, kaliy, magniy va kalsiy hujayra va suyaklardan tortib olinadi.
Sputnik

Salla desa, kalla olib keladi ba’zi odamlar. Taxminan xuddi shu holat suv iste’moli bilan ham sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik, suvning mo‘’jizaviy kuchiga ishongan holda o‘zlarini zo‘rlab, kuniga 8 stakandan  suv ichmoqda. Biz aniq fanning bu haqida nima deb o‘ylashini aniqladik.

Shifokorlar ko‘p suv ichish sog‘liqqa zarar ekanligi haqida ogohlantirishdi

Ehtimol, ikki litr qoidasi 1945-yilda Amerika Oziqlantirish bo‘yicha Komissiyasi tomonidan e’lon qilingan tavsiyalardan kelib chiqqan. Unda aytilishicha, kattalarga kuniga o‘rtacha ikki yarim litr suv kerak bo‘ladi. Biroq, tom ma’noda keyingi jumlada ushbu suyuqlikning katta qismi oziq-ovqat va boshqa ichimliklar tarkibida ekanligi aniqlandi, ammo bu izohga e’tibor berilmadi.

Xuddi shu kabi holat deyarli 30-yildan keyin mashhur "Yaxshi sog‘liq uchun ovqatlanish" kitobida qaytarildi. Unda ham diyetologlar kuniga olti-sakkiz stakan suv ichishni tavsiya qilishgan, ammo bu miqdor nafaqat oddiy suvni, balki meva, sabzavot, gazli ichimliklar, qahva va hatto pivoni ham o‘z ichiga olgan. Ammo yana, jamoatchilik ongida faqat "sakkiz stakan" haqidagi maslahat qoldi.

Natijada, suv tanqisligi bo‘lgan mamlakatlardan tashqari, butun sayyoradagi odamlar ko‘pincha meyoridan ortiq ichishadi va bu mutlaqo zararsiz emas. Ortiqcha suvning tanaga zarari asta-sekin va sezilmaydigan tarzda paydo bo‘ladi, ammo vaqt o‘tishi bilan muammolar osteoporozdan, ich qotishi va bosh og‘rig‘i bilan boshlanadi, ya’ni hammasi aksincha tus oladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, suvdan zaharlanish yoki suvdan intoksikatsiya tananing suyuqlik bilan to‘lib ketishi natijasida ro‘y beradi, dedi terapevt Nikita Xarlov Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

"Biz qancha ko‘p suv ichsak, suv bizni shuncha quritadi, yanada ko‘proq minerallar tanadan yuvilib chiqadi, va natriy, kaliy, magniy va kalsiyni to‘ldirish uchun tana ushbu minerallarni hujayralar va suyaklar o‘z vazifalaridan mahrum qilib tortib oladi. Darvoqe, bu holat suvni juda tez ichsak ham sodir bo‘ladi. Eng oddiy misol – tarkibida juda oz miqdorda tuzlar bo‘lgan suvni ichuvchi marafonchilar.  Tarkibida yetarli miqdorda minerallar bo‘lmaganligi tufayli yurak normal qisqarmaganligidan to‘htashi havfi bor".

Doktor Xarlovning fikriga ko‘ra, eng yuqori darajada sho‘rlangan mineral suv ichish yaxshidir. Ammo turli hil minerallarni olish uchun suvni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirish kerak. Shuningdek zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun oshqozon-ichak traktining holatini, oshqozon va boshqa organlarning kislotaliligini ham hisobga olish kerak. Agar siz faqat oddiy suv ichsangiz, unda qo‘shimcha choy qoshiqning to‘rttan biri miqdorida osh tuzini iste’mol qilish yaxshiroqdir.

Nikita Xarlovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hikoyaning eng yoqimsiz tomoni shundaki, biz tanamiz bilan bo‘lgan aloqani halokatli ravishda yo‘qotmoqdamiz va tana signallariga quloq solmayapmiz. Bu signallar esa har doim biz o‘ylaganimizdan ham ishonchliroqdir. Shuning uchun chanqoqlik suv ichish vaqti kelganligining eng muhim signalidir. Chanqash minglab yillar davomida inson evolyutsiyasi uchun juda yaxshi ishladi va hech qachon muvaffaqiyatsiz bo‘lmagan. Agar chanqagan bo‘lsangiz – suv iching.

Muallif Olga Gavrilova, Sputnik Radiosi