Qator davlat rahbarlari Mirziyoyevga samimiy tabrik yo‘llashdi

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti nomiga xorijiy davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.

"Qiyinchiliklar o‘tib ketadi": Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ularda prezidentga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan. 

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: Qozog‘istonning birinchi prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said, Iordaniya Podshohi Abdulla II, Yaman prezidenti Mansur Hodiy, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Bugun butun dunyo musulmonlari Ramazon hayitini nishonlamoqda.