Urgutda nafaqaxo‘r ikki kishini Avstraliyaga ishga yuboraman deb chuv tushirdi

Fuqaro ikki kishiga ularni Avstraliyaga ishga yuborishini aytib, ularning 6,5 ming dollarini o‘zlashtirib yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Samarqandda firibgarlikka qo‘l urgan fuqaro ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Samarqanddan kelib tushgan hujjatlar ko‘ra, 2019-yil avgust oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Urgut tumani Navoiy shoh ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi, nafaqaxo‘r X.X. uyida Sh.X. va M.M.ning o‘g‘li U.X.larni Avstraliyaga ishlashga yuborishda yordam berishga va’da bergan.

Toshkentda “sehrdan xalos etishni” va’da qilgan firibgar ushlandi

“Xizmati” evaziga Sh.X.dan 3000 dollar, M.M.dan esa 3500 dollarni talab qilgan. Pullarni olgandan so‘ng va’dasini bajarmagan va ularni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida X.X. ushlangan.

X.X.ga nisbatan O‘zbekiston JKning firibgarlik moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.