TOShKENT, 23-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 nafarga ortib, 3078 yetdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Infeksiyaga chalinish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan.
Jumladan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda koronavirus aniqlangan.
Sankt-Peterburgdan charter reys bilan kelgan 38 nafar va 2 nafar Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya aniqlangani aytilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 2492 nafari (81%) butunlay sog‘aygan, 573 nafari davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytga qadar dunyoda 4,9 millionta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan, infeksiya qurbonlari soni 327 mingdan oshgan.