"Sardoba" ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi - Bosh prokuratura

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi qo‘shimcha qilingan
Sputnik

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Sardobadagi suv toshqini voqeasi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi, deya bayonot berdi bosh prokuratura axborot xizmati.

"Sardoba" ishi bo‘yicha tergov qanday bormoqda: Bosh prokuraturaning ilk bayonoti

"Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanildi", - deyiladi xabarda.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi qo‘shimcha qilingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Natijada Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. Hozirda toshqin oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, prezident Mirziyoyev tomonidan Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan edi.