TOShKENT, 21-may - Sputnik. Rossiya AQShning ochiq osmon bo‘yicha shartnomadan chiqishini ba’zi texnik muammolar mavjudligi bilan oqlashga qaratilgan har qanday urinishlarini rad etadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko RIA Novosti agentligiga.
Payshanba kuni kechqurun ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp shartnomadan chiqib ketishini e’lon qildi, chunki Rossiya unga rioya qilmadi. U "yangi kelishuv"ga erishish uchun "juda yaxshi imkoniyat" borligini gapirdi.
"Biz ushbu fundamental kelishuvdan chiqishni ba’zi texnik muammolar mavjudligi bilan oqlash uchun har qanday urinishlarni rad etamiz. Harbiy xavfsizlik sohasidagi har qanday shartnoma, qoida bo‘yicha, juda murakkab mujassamlik. Agar siyosiy iroda bo‘lsa (va ular siyosiy iroda mavjud bo‘ldagina imzolanadi) barcha muammolar hamkorlik asosida, manfaatlar muvozanati asosida va tegishli rejimlarning hayotiyligini ta’minlash zaruriyati hisobga olingan holda hal qilinadi", - dedi Aleksandr Grushko.
Diplomat texnik masalalarni muhokama qilishni davom ettirish uchun hech qanday to‘siqlar yo‘qligini va buning uchun tomonlar kelishuvdan chiqishlari shart emasligini ta’kidladi.
"Ammo, agar shartnomadan chiqilsa, unda texnik muammolarga hech qanday yechim bo‘lmaydi, shuningdek 20-yildan ortiq vaqt davomida Yevropada tinchlik va xavfsizlikni saqlash manfaatlariga xizmat qilgan va barcha elementlar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan harbiy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi bo‘lgan vositaning o‘zi ham bo‘lmaydi", - deya qo‘shimcha qildi RF tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
Aleksandr Grushko, shuningdek, Rossiya tomonidan shartnomani hech qanday buzilishlari yo‘qligini ta’kidlab, Moskvaning "shartnomani AQShning o‘zi tomonidan bajarilishiga nisbatan jiddiy da’volari borligini" ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jihatlar juda murakkab texnik masalalar bo‘lib, maxsus tuzilgan organ - shartnomaning ishlashiga baxo beruvchi, uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradigan va kuzatuv parvozlari paytida tomonlar duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha masalalarni ko‘rib chiqadigan komissiya doirasida hal qilinishi kerak.
Tashqi ishlar vazirligi vakili Ochiq osmon shartnomasi Yevropada 20-yildan ko‘proq vaqt davomida tinchlik va xavfsizlikni saqlab kelgan va "barcha elementlar bir-biriga bog‘langan harbiy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi bo‘lgan", deb ta’kidladi.
Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma 1992-yilda imzolangan va sovuq urushdan keyin Yevropada ishonchni mustahkamlash choralaridan biri bo‘ldi. Shartnoma 2002-yildan beri amal qilmoqda va ishtirokchi davlatlarga bir-birining qurolli kuchlari va faoliyati to‘g‘risida ochiq ma’lumotlarni to‘plash imkoniyatini beradi. Shartnomani 34 ta davlat imzolagan.
Avvalroq, harbiy mutahassis Aleksandr Jilin Sputnik radiosi efirida Vashington nega ongli ravishda xalqaro xavfsizlik soxasini muvozanatsizlantirayotganini aytdi.