AQShda koronavirus qurbonlari xotirasiga bayroqlar tushiriladi

Bundan tashqari, dushanba kuni urushlarda halok bo‘lganlar kunida ham bayroqlar tushiriladi, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Sputnik

TOShKENT, 22-may - Sputnik. AQSh koronavirus qurbonlari xotirasiga uch kunga bayroqlarni tushiradi, deya ma’lum qildi juma kuni mamlakat prezidenti Donald Tramp.

Koronavirus hech qachon yo‘q bo‘lib ketmasligi ham mumkin - BSST

"Men keyingi uch kunga koronavirus tufayli hayot bilan vidolashgan amerikaliklar xotirasiga federal binolar va milliy monumentlardagi barcha bayroqlarni tushiraman", - deb yozgan u Twitterda.

Bundan tashqari, dushanba kuni urushlarda halok bo‘lganlar kunida ham bayroqlar tushiriladi, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus tufayli 94 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.