Jirinovskiy pandemiyadan so‘ng migrantlar kirishini cheklashni taklif qildi

LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy migrantlarning mamlakatga kirishi cheklanishi rossiyaliklar uchun ish o‘rinlarini saqlab qolishga yordam beradi deb hisoblaydi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Markaziy Osiyo mamlakatlari migrantlari uchun Rossiyaga kirishni cheklashni taklif qildi. Bu haqda “Moskva” agentligi xabar qilmoqda.

Uning so‘zlarga ko‘ra, ushbu chora rossiyaliklar uchun ish o‘rinlarini saqlab qolishga yordam beradi.

Jirinovskiy deputatlar sonini qisqartirishni taklif qildi

“Ko‘p mehnat migrantlari ketib qoldi. Ularning kirishini cheklash lozim. Endi o‘zimiznikilarning ko‘pi ishsiz bo‘ladi, fuqarolarimiz uchun ish joylari bo‘lishi uchun”, - degan Jirinovskiy.

Shu bilan birga, LDPR yetakchisi shu tariqa Rossiya Markaziy Osiyoga buyurtmalar bilan yordam berishi mumkin deb hisoblaydi.

Jirinovskiy ketgan migrantlar vatanida ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni boshlashi, Rossiya esa u yerda ishlab chiqarilgan tovarlarni xarid qilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin Rossiya qurilishlariga boshqa davlat ishchilari kerakligini ma’lum qilgan edi.