Tomoshabin o‘rniga seks qo‘g‘irchoq: Koreya futbol klubi jarimaga tortildi

Tribunalarni tomoshabinlar o‘rniga seks-qo‘g‘irchoqlar bilan to‘ldirgan Janubiy Koreya klubi jarimaga tortildi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik.  Janubiy Koreyaning “Seul” klubi tribunalarda tomoshabinlar o‘rnida seks-qo‘g‘irchoqlarni joylashtirgani uchun 100 million von (81 454 dollar) jarimaga tortildi. Reuters ma’lum qilishicha, bu haqda mamlakat chempionati intizom qo‘mitasi qaror chiqardi.

Germaniya futbol bo‘yicha chempionatni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Chempionat may boshida qayta tiklangandi, biroq o‘yinlar tomoshabinlarsiz sharti bilan o‘tkazilyapti. 17-may kuni “Seul” klubi o‘z maydonida “Kvanju” jamoasini qabul qildi. Tribunalarni to‘ldirish uchun klub rahbariyati niqoblarda manekenlarni o‘tkazib, bannerlarni ilib qo‘ydi.  

Keyinchalik televizorda o‘yinni kuzatgan muxlislar manekenlar seks-qo‘g‘irchoqlarga o‘xshashini payqab qolishdi. Plakatlarda esa seks-do‘konlar nomlari yozilgan ekan.  

“Intizom qo‘mitasi hodisaning jiddiyligini inobatga olib, keskin choralarni ko‘rdi. Manekenlardan foydalanish fanat va ularning oila a’zolarini haqorat qildi. Umid qilamizki, kelgusida bunday noxush holatlarning oldi olinadi”, - deyilgan xabarda.

Kuni kecha "Seul" klubi rahbariyati yuz bergan voqea uchun uzr so‘radi. Bayonotda qayd etilishicha, ular buyurtma qilgan mahsulotlar kattalar uchun mo‘ljallangan tovarlar toifasiga kirishi haqida xabardor bo‘lmagan.