Yana bir viloyat koronavirusdan xoli hududlar safiga qo‘shildi

So‘nggi bemor tuzalib chiqqan Surxondaryo viloyati koronavirusdan xoli hudud sifatida Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona safiga qo‘shildi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Surxondaryo viloyati ham koronavirusdan xoli hududga aylandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda birdaniga 47 kishida COVID-19 aniqlandi

So‘nggi soatlarda Toshkent shahrida 17, Xorazm viloyatida 2, Surxondaryo viloyatida esa so‘nggi 1 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Surxondaryolik so‘nggi bemor kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi.

Shu tariqa, Surxondaryo viloyati ham Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari kabi koronavirusdan xoli hududlar safidan o‘rin oldi.

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2369 nafarga yetdi.