Koronavirusni boshdan kechirgan tojikistonlik shifokor qanday davolangani haqida so‘zlab berdi

Moskvada istiqomat qiluvchi taniqli tojik shifokori koronavirusni qanday boshdan kechirgani va davolanganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskvada istiqomat qiluvchi taniqli tojik shifokori va “Rossiya tojiklari ittifoqi”ning sobiq raisi Abdullo Davlatov yaqinda koronavirus kasalligini boshdan kechirdi.

Davlatovning so‘zlariga ko‘ra, u bemorlarni davolash vaqtida koronavirusni yuqtirib olgan.

Shifokor avvaliga unda koronavirusning hech qanday alomatlari bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

“Birinchi tahlillarim yaxshi edi. Ammo asta-sekin nafas olishda qiyinchilik paydo bo‘ldi. Pulsoksimetriya qonda kislorod 95 foiz ekanini ko‘rsatdi. Bu ogohlantirish edi, xatar haqida bong urush emas”, - deya yozadi shifokor.

Shifokor bir necha kundan so‘ng 15-may kuni kompyuter tomografiyasini qildirgan va u COVID-19 yuqtirib olganini ko‘rsatgan. Keyin uni zudlik uni kasalxonaga yotqizishgan.

Davlatovning ma’lum qilishicha, u uch kun shifoxonada bo‘lgan va hozir unga javob berishgan.

Shifokor uni  gidroksixloroxin va azitromitsin bilan davolashganini aytib bergan. Ammo bu dorilarni faqat shifokor tavsiyasi va muayan miqdorda iste’mol qilish kerak.