Barcha yo‘lovchilar sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilmoqda: himoya niqob va qo‘lqopda, kirishda dezinfeksiyadan o‘tadi. Dastlab yo‘lovchilardan "COVID-19"ga test tahlili olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilgan. Keyinchalik Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.
Poyezdda joylashish – ham sanitariya talabiga rioya qilgan holda: yo‘lovchi ikki o‘rindiqda bo‘ladi.
Avia parvozlar ham o‘z ishini tikladi: aeroport kishi qismida – sanitariya nazorati, kutish zalida esa ijtimoiy masofaga rioya qilinadi.
Poytaxtdan birinchi samolyot Urganchga uchdi. Shu haftada reyslar Nukus va Termezga rejalashtirilgan.