Putin koronavirus bo‘yicha Dog‘istondagi og‘ir vaziyatga izoh berdi

Vladimir Putin Dog‘iston Respublikasida ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslik va  o‘z-o‘zini yakkalash tartibigan qanday amal qilinayotganini tekshirib ko‘rishni topshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus bo‘yicha Dog‘istondagi og‘ir vaziyatning sababini tushuntirib berdi. RIA Novosti xabariga asosan.  

“Odamlar tibbiy yordam har doim ham kerakli miqdorda yetarlicha ko‘rsatilmayotganini aytishmoqda”, dedi Rossiya prezidenti Dog‘iston Respublikasi rahbarlari bilan bo‘lgan majlisda.

Putin aytishiga ko‘ra, Dog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashishiga sabab odamlarning yordam uchun kech murojaat qilishi va uy sharoitida o‘z-o‘zini davolashga urinishi bo‘lgan.

Kreml Dog‘iston hukumati nega yoppasiga qo‘lga olinganiga izoh berdi

Shu bilan birga Rossiya prezidenti Dog‘istonda ishlayotgan shifokorlar va hamshiralar mehnatini yuqori baholadi.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Dog‘istonda 3460ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangan. Ulardan 89tasi so‘nggi bir sutka ichida. Vafot etganlar soni 29 kishini tashkil qilgan.

O‘tgan haftada Dog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Djamaludin Gadjiibragimov respublikada 40dan ortiq shifokorlar pnevmoniya, koronavirus va boshqa kaslliklar tufayli vafot etganini xabar qilgan edi.