O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etgani va jami qurbonlar soni 13 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, samarqandlik I. (erkak) 14-may kuni og‘ir ahvolda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqiziladi.

Koronavirusga chalingan yangi bemorlarning barchasi xorijdan kelgan

O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “COVID-19” infeksiyasi ham aniqlangan.

Shundan keyin bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning og‘ir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan.

Ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.