Ikkita xayriya jamg‘armaning 15 ming dollarini talon-taroj qilganlar aniqlandi

Oqqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari va tuman “Mahalla” fondi hisobchisi “Saxovat va ko‘mak” va “Mahalla” xayriya jamg‘armasining 15 ming dollardan ziyod pulini o‘marganlikda ayblanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18-may — Sputnik. “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Navoiyda qariyb 5,5 kg simobni sotishga uringan 70 yoshli fuqaro qo‘lga olindi

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.A. va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N.lar oldindan til biriktirgan. Ular tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondiga va 2020-yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln. so‘m pullarni o‘zlashtirishgan.

Shu bilan birga, 2020-yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lardan 44 mln. so‘mni maqsadsiz sarflab, rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.