TOShKENT, 17-may — Sputnik. Tojikistonda koronaviris bilan bog‘liq holat 1322 ta yetdi. 36 kishi kasallik qurboniga aylangan. Bu haqda Tojikistonning koronavirus haqidagi yagona milliy portali xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 16-may kuni birdaniga 204 ta yangi holat aniqlangan va uch bemor vafot etgan.
Shu tariqa Tojikiston kasallanish bo‘yicha Qirg‘iziston, qurbonlar soni bo‘yicha esa Qozog‘istonni ortda qoldirgan. Tojikistonda koronavirus rasman 30 aprel kuni aniqlangan edi.
Markaziy Osiyoda COVID-19 bilan bog‘liq holat
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2741 nafarni tashkil qilmoqda. Shulardan 2213 nafari shifo topgan. 11 ta o‘lim holati qayd etilgan. Bu Markaziy Osiyodagi eng past ko‘rsatgich.
Qozog‘istonda so‘nggi tasdiqlangan holatlar soni 307 taga ko‘payib, 6157 taga yetgan. 2980 nafar bemor tuzalib ketgan. 34 kishi virus qurboniga aylangan.
Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq 1138 ta holat qayd etilgan. 804 nafar bemor tuzalib ketgan. Vafot etgan soni 14 kishini tashkil etmoqda.