TOShKENT, 17-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatida “KamAZ” haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 16-may kuni soat Qumqo‘rg‘on tumani, Xo‘jaqishloq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-101 avtomobil yo‘lining 24 km.da sodir bo‘lgan.
31 yoshli haydovchi A.I. mashinani ortga burib olish maqsadida orqaga harakatlanib, orqa tomonida yo‘lning o‘ng chetida turgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida 65 yoshli ayol og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.