Sirdaryoning zarar ko‘rgan tumanlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Suv toshqinidan talofat ko‘rgan 12 ta aholi punktida elektr uskunalarga talofat yetgan edi. Bugungi kunda mazkur 12 ta aholi punkti barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Sirdaryoning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12 ta aholi punktida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

"Sardoba" ishi bo‘yicha tergov qanday bormoqda: Bosh prokuraturaning ilk bayonoti

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, bugungi kunga qadar 3 dona podstansiya, 92 dona transformator punkti va 273,0 km elektr uzatish tarmoqlarida (4 963 ta elektr ustunlar) ta’mirlash tiklash ishlari olib borilib, to‘liq ishga tushirilgan.

Natijada 7 987 ta elektr ta’minoti uzilgan aholi xonadonlaridan (suv yetib bormagan hududlar aholisini xavfsizlik uchun elektr ta’minotidan uzib qo‘yilganlar bilan 12 000 dan ortiq) 7 987 tasi ham elektr energiya bilan ta’minlandi.

Shuningdek, suv toshqini natijasida talofat ko‘rgan 12 ta aholi punktida elektr uskunalarga talofat yetgan edi. Bugungi kunda mazkur 12 ta aholi punkti barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.