Rossiyada harbiy texnikani dushman ko‘zidan qor ostiga yashiruvchi material yaratildi

Ta’kidlanishicha, material radarning elektromagnit nurlanishini 99.5 foizga o‘ziga singdira oladi. Bu esa radarning uzoq masofada yashirilgan obyektni aniqlashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. “Roselektronika” xolding mutaxassislari qish vaqtida harbiy texnikani dushman ko‘zidan qor ostiga yashiruvchi material yaratishdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qildi.

Rossiyada yangi "ASPID" to‘pponcha sinovdan o‘tkazildi

Ta’kidlanishicha, material harbiy texnikani topishni 3-4 martaga pasaytiradi. Material ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yishga hamma narsa tayyor. Hozircha uning tajriba partiyasi ishlab chiqarilgan.

Material nanotuzilishli ferromagnit mikrosimli iplar asosida yaratilgan. Material ko‘pga chidaydigan va past harorat ta’siriga chidamli ekani qayd etilgan.

Ishlab chiqaruvchilar material radarning elektromagnit nurlanishini 99.5 foizga o‘ziga singdira olishini ta’kidlashgan. Bu esa radarning uzoq masofada yashirilgan obyektni aniqlashiga yo‘l qo‘ymaydi.