Vatangacha bo‘lgan olis yo‘l: fuqarolar qay tarzda O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Bugun erta tongda amalga oshirilgan reys orqali Singapur va Kuala-Lumpurdan fuqarolar olib kelindi. Singapurdan olingan fuqarolarning 113 nafarini talabalar tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 16-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga asosan chet davlatlarda qolib ketgan fuqarolarni vatanga qaytarish ishlari davom ettirilmoqda. Sputnik O‘zbekiston muxbiri kuni bugun erta tongda "Toshkent - Kuala-Lumpur-Singapur-Toshkent" charter reysi orqali fuqarolarning O‘zbekistonga qaytib kelishlarini shaxsan kuzatdi.

Vatangacha bo‘lgan olis yo‘l: fuqarolar qay tarzda O‘zbekistonga qaytarilmoqda

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilingan va 11-may kuni Dubay, Minsk, Seul va Dehli shahridan 800 nafardan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga olib kelingan edi.

Charter reyslarda kim birinchi qaytariladi - Rossiyadagi elchixona javobi
"Toshkent - Kuala-Lumpur-Singapur-Toshkent" charter reysi bilan 237 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.

"Davlatimiz rahbarining bevosita topshiriqlariga asosan, bugungi kunda xorijda bo‘lib turgan fuqarolarimizni Vatanga qaytarish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur topshiriq ijrosini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari va konsulliklari, Transport vazirligi va Uzbekistan Airways AJ tomonidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilgan. Ular bosqichma-bosqich O‘zbekistonga olib kelish jarayoni amalga oshirilmoqda. 11 maydan 24-maygacha bo‘lgan davr oralig‘ida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar jadvali belgilangan bo‘lib, 16-mayga qadar rejaga muvofiq Frankfurt, Moskva, Sankt-Peterburg va Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha chartur parvozlar amalga oshirilgan", - dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navruz Ashurmatov.

Mazkur reys orqali 137 fuqaro Singapurdan va 119 nafari Kuala-Lumpurdan olingan bo‘lib, Singapurdan olingan fuqarolarning 113 nafarini talabalar tashkil etadi.

Ularning barchasi 14 kunlik karantinga olib borib joylashtiriladi. 

Vatangacha bo‘lgan olis yo‘l: fuqarolar qay tarzda O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham bu kabi ishlarga befarq qarab turgani yo‘q. Izohlar orasida pandemiya sharoitida, davlatlararo chegaralar yopiq bo‘lishiga qaramay, fuqarolarni o‘z holiga tashlab qo‘ymagan va qo‘llab-quvvatlayotgani uchun hukumat rahbarlariga minnatdorlik izhor qilayotgan, koronavirus bilan bog‘liq yuzaga kelgan murakkab bir sharoitda o‘z burchiga sodiq qolib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatayotgan uchuvchilar va bort kuzatuvchilarini olqishlayotgan foydalanuvchilar ko‘plab topiladi.