Uzoq kutilgan qaytish: bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan beshinchi charter Toshkentga qo‘ndi

O‘zbekiston 11-maydan boshlab o‘z fuqarolarini boshqa davlatlardan olib kela boshladi. 16-may holatiga ko‘ra beshta aviareys amalga oshirildi. Bu safar bort Toshkentga ikki guruhdan iborat - Singapur va Malayziyadan olib chiqilgan o‘zbekistonliklarni yetkazdi
Sputnik

Bortda jami 237 nafar yo‘lovchi bor edi.

Samolyot trapi oldida Toshkentga olib kelinganlarni tibbiyot xodimlari va sanitar xizmat xodimlari kutib oldilar. Ular yo‘lovchilarning issig‘ini o‘lchab, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdilar, agar shunga talab bo‘lsa birinchi tibbiy ko‘rik ham o‘tkazilmoqda.

TIV chegarada to‘planib qolgan fuqarolar haqida

Toshkentga kelgan yo‘lovchilarning barchasi aeroportdan to‘g‘ri vaqtinchalik joylashish maxsus markazlariga ikki haftalik karantinga yuboriladi. 

Hozircha reyslar jadvali 24-may sanasiga qadar shakllantirilgan. Charter reyslarga ro‘yxat kelib tushgan arizalar bo‘yicha chet davlatlardagi diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan shakllantirilmoqda.

Vatanga birinchi navbatda keksa yoshdagi kishilar, nogironligi bor insonlar yoki og‘ir xastalikka chalinganlar, homilador ayollar va yosh bolali yo‘lovchilar qaytarilmoqda. Elchixonalar va konsullik bo‘limlari qoshida "tezkor aloqa" liniyalari tashkillashtirilgan bo‘lib, ular orqali O‘zbekistonga qaytish imkoniyatlar borasida barcha zarur ma’lumotlarni olish mumkin.