Turkiyada og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarga oziq-ovqat masalasida yordam beriladi

Kishi boshiga 100 liralik qiymatdagi ushbu oziq-ovqat talonlari Turkiyadagi sharoiti og‘ir O‘zbekiston fuqarolariga tarqatilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16-may - Sputnik. Turkiyada og‘ir sharoitga tushib qolgan va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish maqsadida yangi xayriya loyihasi ish boshlagan.

COVID-19 tufayli Turkiyada 4 kunga qo‘mondonlik soati kiritiladi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi mamlakatning deyarli barcha hududlarida shoxobchalariga ega BİM oziq-ovqat do‘konlarining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazib, oziq-ovqat mahsulotlari kartalarini sotib olgan.

Kishi boshiga 100 liralik qiymatdagi ushbu oziq-ovqat talonlari Turkiyadagi sharoiti og‘ir O‘zbekiston fuqarolariga tarqatilmoqda.

Karta egalari ma’lum vaqtdan so‘ng, xarid qilgan oziq-ovqatlari tugagach, qaytadan elchixonaga murojaat qilishlari mumkin.

Anqaradan boshqa shaharlardan murojaat qilgan fuqarolarga oziq-ovqat talonlari pochta xizmatlari orqali yetkazib beriladi.

Kartalarni olish uchun bevosita elchixonaga murojaat qilish mumkin: elchixona manzili: Sancak Mah., 549 Sokak, № 3, Yıldız - Çankaya, Ankara

Shuningdek, murakkab vaziyatga tushib qolgan yoki kasallikka chalingan fuqarolar ham elchixonaga murojaat qilishsa, ularga qo‘shimcha yordam ajratiladi. Ya’ni davolanish puli yoki operatsiya xarajatlari to‘lab berilishi mumkin, deyiladi xabarda.