Toshkent hayvonot bog‘i o‘z ishini tikladi

Hayvonot bog‘i hududida attraksionlar, ko‘ngilochar joylar va tez ovqatlanish nuqtalari faoliyati taqiqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 16-may - Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘i 16-maydan boshlab sanitariya-gigiyena talablariga amalga qilgan holda ish faoliyati tiklanishi haqida ma’lum qildi

O‘zbekistonda koronavirus: 15-may asosiy xabarlari

"Sevimli hayvonot bog‘imiz ertaga (16/05/20) tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochishi to‘g‘risida ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Hayvonot bog‘iga kirish quyidagi cheklovlar bilan amalga oshiriladi: kirish 2 kishidan oshmaydigan guruhlarda amalga oshiriladi (oilaviy guruhlardan tashqari); hayvonot bog‘iga tibbiy niqoblarsiz kirish taqiqlanadi.

Dastlabki tibbiy ko‘riksiz kirish taqiqlanadi va tashrif buyuruvchilarning bir joyda to‘planishi taqiqlanadi, 2 metrlik masofani saqlash lozim.

Yaqin taktil aloqalardan (qo‘l siqish va hokazo) maksimal darajada chetlashish tavsiya etiladi.

Agar dastlabki tibbiy ko‘rik paytida tashrif buyuruvchining tana harorati 36,8 darajadan oshsa (bahsli vaziyat yuzaga kelsa, o‘lchov takrorlanadi), tashrif buyuruvchiga hayvonot bog‘iga kirish taqiqlanadi, shaxsiy ma’lumotlar yozib olinadi va tibbiy muassasalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Hayvonot bog‘i hududida attraksionlar, ko‘ngilochar joylar va tez ovqatlanish nuqtalari faoliyati taqiqlanadi.