Samarada to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolari uchun observatsiya lageri tashkil qilindi

Samara viloyati hukumati chegara yaqinida to‘planib qolgan 600dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari uchun "observatsiya lageri" tashkil qilishga majbur bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida Samara viloyati hududida to‘planib qolgan 600dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari uchun "observatsiya lageri" tashkillashtirildi, deya xabar beradi RIA Novosti viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib.

"Ayni paytda fuqarolar soni 600 nafardan oshib ketdi. Ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish masalasini hal qilish va koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish uchun viloyat hokimiyati ushbu joyning o‘zida "observatsiya lageriga" tashkillashtirishga majbur bo‘ldi", - deyilgan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha bir necha yuz nafar O‘zbekiston fuqarolari shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda, chegaralar ochilishi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga asosan, Samara viloyati, Bolshechnerigovskiy tumanidagi Qozog‘iston bilan chegara hududiga etib borgan va "Mashtakovo" hamda "Sagarchinsk" chegara-nazorat punktlari yonida to‘planib qolishgan.

TIV chegarada to‘planib qolgan fuqarolar haqida

Ushbu vaziyat yuzasidan O‘zbekiston tashqi ishlari vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti 14-may kuni "vaziyatni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborganini va chegara yaqinidagi o‘zbekistonliklar va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatganini" xabar qilgan edi.

Shu bilan birga TIV Respublika Konsullik-huquqiy departamenti chegara yaqinda kutayotgan fuqarolarni maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, o‘rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

*Observatsiya lageri - epidemiologik xavfli hududdan kelgan fuqarolarning harakatlanishini cheklash va ularni tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tashkil qilingan, chegaralangan hudud.