Prezident Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga keldi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan joyda bugungi kunga qadar 20 ta aholi punktidagi buzilgan uylar va ularning atrofi chiqindilardan tozalandi. 13 ta mahalladan suv qoldiqlari chiqarilgan.

Ushbu mahallalarda hayot asta-sekin izga tushmoqda. Hozirda qariyb 66 ming aholi o‘z uylariga qaytdi. Boshqa joylarda tozalash-ta’mirlash ishlari tezkor sur’atlarda davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dastlab Sardoba tumanida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ta’mirlanayotgan xonadonlarni kirib ko‘rdi, odamlar bilan suhbatlashdi.

Prezident Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Prezident Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi

“Xususan, Sardoba tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida 1480 xonadondan iborat 37 ta uy barpo etiladi. Davlatimiz rahbari mazkur turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo‘ydi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. 70 ta ijtimoiy obyekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 kilometr yo‘l, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot yetgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida tumanlardagi 28 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan edi.