O‘zbekistonda Xitoyning Oshan avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab ichki bozor uchun zamonaviy yo‘l tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillarni yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Xitoyning Oshan brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni Navoiyda ham yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida yaqin kunlarda “Navoiy – motors” O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 12 million dollarga teng.

O‘zbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yo‘l tutmoqda

“Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yo‘l tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz”, – deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri. 

Ta’kidlanishicha, yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Hozirda mazkur korxonaning qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda O‘zbekistonda Volkswagen Caddy avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.