O‘zbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi

Bugun 14.05.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 21:16 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila episentridan poytaxtgacha masofa 197 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra: 14.05.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 21.16 da (14.05.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 16.16 da) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Pandemiya paytida zilzila yuz bersa nima qilish kerak?

Zilzila koordinatalari: 41,26 gradus shimoliy kenglik; 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 14 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 197 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Namangan: 30 km, 4 ball.

Andijon: 84 km, 3 ball.

Farg‘ona: 99 km, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, 14-may Toshkent vaqti bilan 02.09da Xitoyda zilzila sodir bo‘lgandi. Uning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Farg‘onada 2 ball.