Rossiya muftiysi migrantlarga oziq-ovqat tarqatishni taklif qildi

Moskva musulmonlar xayriya jamg‘armasi pandemiya tufayli og‘ir sharoitda qolgan mehnat migrantlariga oziq-ovqat yetkazib bermoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13-may — Sputnik. "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligida bo‘lib o‘tgan onlayn konferensiya vaqtida Rossiya musulmonlar kengashi rahbari Albir Krganov Hukumat va jamoat tashkilotlarini mehnat migrantlariga oziq-ovqat yordami berishga chaqirdi. 

"Mehnat migrantlariga yordam ko‘rsatish muhimdir. Pul bilan emas balkim oziq-ovqatlar bilan. AQShda ham muhtoj kishilarga oziq-ovqat tarqatilmoqda, jumladan kosher va halol oziq-ovqatlar ham. Rossiya hududida koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkor shtab ana shunday yordam ko‘rsatishi mumkin edi. Haqiqatda yordamga muhtoj kishilar juda ko‘p. Hududlardagi jamoat tashkilotlari ham ushbu ishga qo‘shilishlari mumkin edi, dedi Rossiya muftiysi", - dedi Albir Krganov. 

Mosol tariqasida Rossiya musulmonlar kengashi rahbari "Biz siz bilan" loyihasini keltirdi. Uning doirasida yordamga muhtoj kishilarga har biri 2 ming rubl bo‘lgan 5000ta oziq-ovqat to‘plamlari tarqatilgan.

Musulmonlar Moskva hukumati koronavirus tufayli qo‘llayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashdi

Krganov aytishiga qaraganda Rossiya chegaralarida ham migrantlar bilan muammolar bor, chunki "ayrim davlatlar ularni qabul qilishni istamayapti". 

Shu bilan birga muftiy pandemiya sharoitida Rossiya shifokorlari migrantlarga hech qanday hujjat talab qilmasdan yordam ko‘rsatayotganliklarini qayd etib o‘tdi. 

"Biz Rossiyada mehnat migrantlariga tibbiy yordam ko‘rsatishdan voz kechilgan holatlari haqida eshitmadik. Shifokorlar hujjat so‘ramay davolashmoqda. Bu to‘g‘ri", - dedi Krganov. 

Biroz oldin "Zakot" nomli islom xayriya fondi hamjamiyati rahbari Rifat Izmaylov Moskva musulmonlari mehnat migrantlariga ruhiy va gumanitar yordamni o‘z faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylantirishganini xabar qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra koronavirus pandemiyasi tufayli og‘ir vaziyatda qolgan MDH musulmonlariga oziq-ovqat to‘plamlari yetkazib berilmoqda.