TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 8-12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar o‘zbekistonlik vatanga charter reyslarida qaytarildi.
Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-may kuni, taxminan soat 19.00 da charter layneri Istanbuldan kelishi kutilmoqda.
24 mayga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni tashkil etish rejalashtirilgan (yangilangan):
14-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
15-may. Toshkent – Singapur – Kuala-Lumpur – Toshkent*;
16-may. Toshkent – Rostov-Donu – Toshkent;
17-may. Toshkent – Qozon – Toshkent;
18-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
19-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
20-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
21-may. Toshkent – Istanbul – Toshkent;
22-may. Toshkent – London – Toshkent;
23-may. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent;
24-may. Toshkent – Sharja – Toshkent.
“Boshqa davlatlardan kelgan vatandoshlarni qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytariladi.
Chet eldagi fuqarolarimizdan yuqoridagilarni e’tiborga olishlari, karantin qoidalariga rioya qilishlarini va bo‘lib turgan mamlakatlari ayeroportlarida diplomatik vakolatxonalar va “Uzbekistan Airways” AJ xabarisiz yig‘ilmasliklarini iltimos qilamiz.
O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi”, - deyilgan xabarda.