Ai-92 benzin narxi 5000 so‘mga tushirildi

Ai-92 markazi benzin narxi 5000 so‘mga tushirilmoqda. Mart oxirida ushbu mahsulotning narxi 6200 so‘m edi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonda benzinga talab 70 foizga pasaydi

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz" AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida benzin 15-may kunidan boshlab 5000 so‘mdan sotiladi.

2020 yilning 26-martdan Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi. 29-apreldan esa bu mahsulotning narxi 5500 so‘m etib belgilangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 3-may kunidan boshlab Ai-80 markali benzin 4000 so‘mdan sotuvga chiqarilgani xabar qilingan edi.