TOShKENT, 12-may - Sputnik. Intellektual mulk agentligida suv omborlari uchun dasturiy ta’minot ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
"Inshootning mustahkamligiga tahdid soluvchi avariyaviy vaziyatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi", - deyiladi xabarda.
Dastur suv sathining maksimal meyordan oshmasligini ta’minlaydi va suv omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.
Dastur mualliflari – Furqat G‘affarov, Azamat Ismoilov, Adham Boymurodov va Anvar Hurramovlarga O‘zbekistonning "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida" gi Qonuniga muvofiq, DGU 07858-sonli guvohnoma berildi.