O‘zbekistonda koronavirus: bugungi kun asosiy xabarlari

Bir sutka davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 taga ko‘paygan bo‘lsa, 101 kishi sog‘aydi. Davolanish ko‘rsatkichi 80 foizga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Bugun, 11-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2482 nafarni tashkil qilmoqda.

COVID-19: O‘zbekiston va dunyoda koronavirus statistikasi

O‘zbekiston MDH davlatlar orasida bemorlar soni bo‘yicha 8-chi o‘rinda.

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni - 1982 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi 80 foizga yetdi.

Bugunning o‘zida 101 bemor  sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xususan Toshkent shahri (36), Buxoro (23), Samarqand (14), Farg‘ona (11) va Sirdaryo (1) viloyatlari. 

Kasallikning yangi o‘chog‘i

Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11-may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kornavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq, Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga o‘zgartirish kiritmagan holda “Sariq” toifada bo‘lgan Zarafshon shahri “Qizil” toifadagi hududga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik holatdan kelib chiqib, “qizil” toifadagi hudud uchun muayan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Dunyo bo‘ylab tarqalishi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatlarga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,9 million ziyod kishi yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, 274 ming kishi vafot etdi.