TOShKENT, 10-may — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi yo‘l-transport hodisasida KAMAZ haydovchisi qurbon bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabarida yozilishicha, hodisa 9-may kuni soat 03:20 larda “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322 km.da “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi sodir bo‘lgan.
46 yoshli KAMAZ rusumli yuk mashinasi haydovchisi F.J. harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketgan.
Boysunda beton to‘siqqa borib urilgan KAMAZ haydovchisi halok bo‘ldi
© Press-slujba GUBDD MVD Uzbekistana
Haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.