TOShKENT, 9-may — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev toshqindan zarar ko‘rgan barcha aholi uy joy bilan ta’minlanishi va ularga kompensatsiya berilishini ma’lum qildi.
Bu haqda Qozog‘iston yetakchisi bugun Twitter akkauntida xabar yozdi.
“Toshqindan zarar ko‘rgan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining aholisi yangi yoki ta’mirlangan uy-joy bilan to‘liq ta’minlanadi. Ularning har biriga respublika budjetidan 100 ming tangadan beriladi”, - deb yozilgan xabarda.
Shuningdek, prezident viloyatda vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi.