Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini G‘alabaning 75-yilligi bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqni tabrikladi.
Sputnik

TOShKENT, 9-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqni tabrikladi.

Toshkentlik maktab o‘quvchilari urush qahramonlarini tabriklashdi - video

Bayram tantanasi G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda bo‘lib o‘tdi.

Marosimda urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar jam bo‘ldi. 

"Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, avvalo, o‘z jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Sizlar kabi minglab urush va mehnat fronti qatnashchilarini – azmu shijoatli, dovurak ota-bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz", - dedi davlat rahbari.

Bu yil karantin tufayli urush va mehnat faxriylarining aksariyati bayramni o‘z uylarida nishonladi. Ular televidenie orqali bugungi tantanali marosimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib bordi. 

"Bizni umumiy umidlar birlashtiradi": Putin 9-may munosabati bilan chiqish qildi

"Siz azizlarning barchangizni g‘oyibona bag‘rimga bosib, bugungi erkin va ozod hayotni ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan mardligingiz, Vatanga sadoqatingiz uchun o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman. Biz sizlarning timsolingizda o‘zining dono maslahatlari, boy hayotiy tajribasi bilan hammamizga ustoz va duogo‘y bo‘lib yurgan mo‘’tabar insonlarni ko‘ramiz. Sizlarning har biringiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Hayot yo‘llarida duch kelayotgan turli qiyinchilik va muammolarni, hozirgi kunda boshimizga tushgan sinovlarni yengib o‘tishda biz sizlarning mislsiz sabot va matonatingizdan, qat’iyatingizdan doimo kuch va ibrat olamiz. Yosh avlodimizni Vatanga, xalqqa sadoqatli, jasur insonlar etib tarbiyalashda biz sizlarni doimo o‘rnak deb bilamiz va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi", – dedi Mirziyoyev. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini G‘alabaning 75-yilligi bilan tabrikladi

Davlatimiz rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi.