O‘zbekistonda koronavirus: 9-may asosiy xabarlari

Bugunning o‘zida 28 bemor sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi. Respublikada koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 1803 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Bugun, 9-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2349 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus +30 °S issiqda infeksion faolligini yo‘qotadi - Rospotrebnadzor

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 1803 nafarga yetdi. Bugunning o‘zida Toshkent shahrida (13), Farg‘ona (5), Xorazm (10) viloyatlarida jami 28 bemor sog‘aydi.

Tojikistonga yordam

Tojikistonda ko‘chma gospital barpo qilinmoqda. O‘zbekiston tomoni qo‘shni respublikaga insonparvarlik yordami sifatida tibbiy konteynerlar, o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlarini yetkazib berdi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirining o‘rinbosari Saida Umarzoda O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

Dunyo bo‘ylab tarqalishi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha mamlakatlarga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,9 milliondan ziyod kishi yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, 275 ming kishi vafot etdi.