TOShKENT, 8-may — Sputnik. Bir guruh yuqori malakali va tajribali shifokorlar Tojikistonga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun yordamga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi.
Shifokorlar guruhiga reanimatolog-anesteziologlar, pulmonologlar, epidemiolog, infeksionist va virusologlar kirgan. Ularni Toshkent aeroportida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov kuzatib qo‘ydi.
Undan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyevning buyrug‘iga asosan Dushanbe shahriga 144ta mobil tibbiy konteynerlar, kasallarni joylashtiril va davolash uchun gumanitar yordam sifatida yuborildi. Ushbu konteynerlardan kasallar uchun joy yetishmayotgan shifoxonalarda qo‘shimcha o‘rinlar yaratish maqsadida foydalaniladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 461 kishida koronavirus aniqlangan. 12 kishi vafot etgan. 4,2 ming kishi tibbiy kuzatuv ostida.