TOShKENT, 7-may — Sputnik. COVID-19 pandemiyasi hayotning barcha sohalariga, ayniqsa jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatdi: neft va gazga talab pasayib ketdi.
Shu munosabat O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston - Xitoyga gaz yetkazib berishni qisqartirish haqida o‘ylamoqda.
Bu haqda S&P Global Platts agentligiga “O‘zbekneftegaz” bosh direktori Mehriddin Abdullayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz yetkazib berishni qisqartirish tashabbusi aynan Xitoydan kelgan.
"Xitoy qisqartirishni so‘radi, bu o‘z navbatida Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida gaz ta’minoti mutanosib ravishda kamaytiriladi", - dedi Abdullayev.
U ta’kidlashicha, har bir mamlakat yetkazib berish hajmini qanchaga qisqartirishi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, gaz Xitoyga “Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy” quvuri orqali yetkazib beriladi. Uning o‘tkazish qobiliyati yiliga 55 milliard kubometr gazni tashkil etadi.
O‘zbekiston Kunchiqar davlatga yiliga 10 milliard gaz yetkazib beradi. Biroq, respublikaning uzoq muddatli rejalarida - ichki gazni qayta ishlashga ko‘proq e’tibor berish, kelgusi 10-yil ichida gaz eksportini deyarli nolga tushirish kiradi.
2019 yilda O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish deyarli 60 milliard kubometrga yetdi. 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 20 foizga oshirish rejalashtirilgan.