Germaniya futbol bo‘yicha chempionatni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Nemis futbol ligasi (DFL) koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Germaniya chempionatini 16-may kuni qayta tiklashga qaror qildi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Nemis futbol ligasi (DFL) Germaniya chempionatini 16-may kuni qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda liganing ijro etuvchi direktori Kristian Zayfert ma’lum qildi, deya yozadi rsport.ria.ru nashri.

Futbol yulduzlari koronavirusga qarshi chellenj boshlashdi – video

“Shu munosabat bilan Bundesliganing birinchi va ikkinchi o‘yinlarini shanba, 16-may kuni qayta tiklashni rejalashtirishmoqda”, - degan u payshanba kuni matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda nemis futbol ligasi Germaniya hukumati qarorini inobatga oladi.

Germaniyada futbol musobaqalari koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi. Kuni kecha Germaniya kansleri Angela Merkel Bundesliga muvofiqlashtirilgan va sinalgan qoidalarni ijro etish sharti bilan o‘yinlarni may oyining o‘rtalaridan qayta tiklashi mumkinligini ma’lum qilgan edi. O‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.