Birinchilardan: Gruziya turistlar uchun o‘z chegaralarini ochadi

Gruziya chet ellik mehmonlarni qabul qilish uchun o‘z chegaralarini va infratuzilmasini ochgan birinchi davlatlardan biri bo‘ladi. Pandemiyasidan keyin 1-iyuldan xorijiy sayyohlarni qabul qila boshlaydi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Gruziya Bosh vaziri Georgiy Gaxariya, koronavirus pandemiyasidan keyin mamlakatda 1-iyuldan xorijiy sayyohlarni qabul qila boshlashini aytdi.

O‘tgan yil O‘zbekistonga qayerdan qancha turist kelgan

"15 iyundan boshlab Gruziya mahalliy sayyohlik xizmatlarini taqdim etish uchun ochiladi, 1-iyuldan boshlab esa Gruziya xorijiy sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Biz buni quruqlikdagi chegaralarda xavfsiz yo‘lakni ta’minlash orqali hamda bizga turistik jihatdan qiziq mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar nuqtayi nazaridan xavfsiz yo‘lak taqdim etish orqali amalga oshiramiz. Gruziya chet ellik mehmonlarni qabul qilish uchun o‘z chegaralarini va infratuzilmasini ochgan birinchi davlatlardan biri bo‘ladi", -deb habar beradi RIA Novosti Gaxariyaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.

Bosh vazir bir oy ichida bunga tayyor bo‘lish uchun barcha tegishli idoralar sinchkovlik bilan ishlashlari kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, 11-maydan boshlab Gruziyada asta-sekin aprel oyining o‘rtalaridan boshlab COVID-19 ning tarqalishi tufayli cheklovlar amal qilgan shaharlar, shu jumladan Tbilisi ochilishni boshlaydi.

Favqulodda holat rejimi 22-maygacha amal qilishini, shuningdek soat 21:00 dan 6:00 gacha (Moskva vaqti bilan 20:00 dan 5:00 gacha) komendantlik soati amal qilishi haqida aniqlik kiritildi. Harakatni taqiqlash aprel oyining o‘rtalarida to‘rtta shaharda: Batumi, Kutaisi, Rustavi va Tbilisida joriy etilgan. 27-apreldan boshlab Gruziya hukumati favqulodda vaziyat sharoitida qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni boshladi. Batumi va Kutaisi bundan oldinroq ochilgan edi.

Markaziy bank Gruziya bankiga litsenziya berdi

"Tbilisi 11-may kunidan to‘liq ochiladi. Tbilisiga kirish va chiqish bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlanadi. 14-may kuni Rustavi va Gardabani shaharlari, 18-may kuni esa Marneuli shahri ochiladi", - deya tushuntirdi Gaxariya.

11 mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19yangi koronavirus infeksiyasini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,5 milliondan ortiq kasallanish qayd etilgan, 247 mingdan ortiq odam vafot etgan. Payshanba kuni Gruziyada koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning soni 615 ga yetdi, 275 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lishdi.