BAA O‘zbekistonga insonparvarlik yordamining ikkinchi qismini jo‘natdi

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati COVID-19ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 5 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natdi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati COVID-19ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga insonparvarlik yordamining ikkinchi qismini jo‘natdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi WAM nashri ma’lumotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

O‘zbekiston va BAA umumiy loyihalar doirasidagi hamkorlikni davom ettiradi

Qayd etilishicha, 6-may kuni Toshkentga Etihad Airways aviakompaniyasi samolyoti bortiga ortilgan besh tonnalik oziq-ovqat va tibbiyot vositalari bilan kelgan.

Avvalroq BAA O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordam jo‘natgan edi. Tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kostumlari va boshqa vositalar bo‘lgan maxsus reys Toshkent aeroportida kutib olingan edi.