Nurmagomedovning otasi Moskvadagi klinikaga yotqizildi

Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus testidan o‘tgan, ammo tahlil natijalari ommaga e’lon qilinmadi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Habib Nurmagomedovning otasi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan trener Abdulmanap Nurmagomedov Maxachkaladan Moskva kasalxonasiga yotqizish uchun maxsus bortda olib kelindi, deb xabar qildi mahalliy OAV.

Dog‘istonlik yigit Amerikani zabt etadi deb hech kim o‘ylamagandi – Habib Nurmagomedov

Unda pnevmoniya tashxisi qo‘yilgandi. Taxminlarga ko‘ra, u tog‘da kasal bo‘lib qolgan.

Ikki kun davomida u kasalxonaga yotishni xohlamadi, ammo ahvoli yomonlashgandan so‘ng, u koronavirusga shubha bilan Maxachkala tibbiy markaziga yotqizildi.

Nurmagomedovlar oilasining yaqin do‘stlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Abdulmanap sog‘lig‘i yaxshilana boshlangan, ammo 3-may kuni uning ahvoli yomonlashdi va maxsus bort bilan Moskvaga olib kelindi.

Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus testidan o‘tgan, ammo tahlil natijalari ommaga e’lon qilinmadi.