Oliy Majlis Qonunchilik palatasi aprel oyi oxirida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) kuzatuvchi davlat maqomida qo‘shilishini ma’qulladi. E.M.Primakov nomidagi postsovet tadqiqotlar markazi (IMEMO RAN) sektor rahbari Yelena Kuzmina bu respublika uchun katta qadam ekanligini ta’kidladi, chunki ilgari hech qanday mintaqaviy tashkilotlarda hamkorlik qilishni xohlamagan edi.
“Kuzatuvchi maqomi ayrim afzalliklarni beradi, ammo baribir u to‘laqonli a’zolik emas. Bu kelgusi integratsiyaga tayyorgarlik bosqichi bo‘lishi mumkin, bu ham qulaylikdir, chunki YeOIIda o‘z sanitariya, texnik va boshqa standartlariga ega", - dedi Kuzmina.
Shuningdek, u YeOIIga a’zo bo‘lgan Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridan biri ekanligi, bu davlatlar bilan birgalikdagi savdo hajmi Xitoy bilan taqqoslaganda, undan yuqori ekanligini eslatdi.
"O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan ham umumiy manfaatlarga ega, bu faqat savdo-sotiq emas. Bu yerda neft-kimyo, mashinasozlikning ayrim sohalari, atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish haqida gap ketmoqda", - deb qo‘shma qildi ekspert.