Karantindan so‘ng koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinmi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov karantindan so‘ng koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinmi degan savol yuzasidan fikr bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirusning yangi to‘lqini bo‘lishi mumkinmi degan savol javob berdi.

“Xitoylik hamkasblarning tajribasiga ko‘ra, karantindan so‘ng faqatgina chetdan kelganlarda yangi koronavirus holatlari aniqlanmoqda”, - dedi u AOKA shtabidagi brifingda.

Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkin - AQSh

Oqilov karantin tadbirlarini yengillatish yoki bekor qilish hamma ko‘chaga chiqishi kerakligini anglatmasligini ta’kidladi.

“Eng yaxshi himoya usuli — gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish va niqob taqish, imkon qadar uyda qolgan ma’qul”, - dedi mutaxassis.

Shuningdek, Oqilov koronavirus yuqtirib olishning oldini olish maqsadida virusga qarshi biror dori vositasini qabul qilishga hojat yo‘qligini qo‘shimcha qildi. Chunki dorixonalardagi virusga qarshi preparatlar koronavirusga qarshi samara ko‘rsatishiga oid dalil mavjud emas.